ENRU

Qozog‘istonda alkogol savdosiga qat’iy cheklovlar taklif qilindi

Dunyo
24
Qozog‘istonda alkogol savdosiga qat’iy cheklovlar taklif qilindi
Qozog‘istonda alkogol mahsulotlari iste’molini cheklash va spirtli ichimliklar savdosini nazorat qilish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Majlis deputati Magerram Magerramovning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar jinoyatchilikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, inson salohiyatini yo‘qotishga olib kelmoqda. Tengrinews.kz xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlari jinoyatlarning ko‘p qismi mast holatda sodir etilishini ko‘rsatadi.

Har ikkinchi qotillik, har uchinchi zo‘rlash va bezorilik, har to‘rtinchi talonchilik aynan spirtli ichimlik iste’moli bilan bog‘liq. Bundan tashqari, yo‘l-transport hodisalari va oilaviy zo‘ravonlik holatlarining yarmidan ko‘pi ham mastlik oqibatida yuz berayotgani qayd etilgan.

Deputat voyaga yetmaganlarga oid jinoyatlar soni ortayotganini ta’kidlab, chakana savdo nuqtalarining ko‘pligi nazoratni qiyinlashtirayotganini aytgan. Shu sabab Qozog‘iston Xalq partiyasi fraksiyasi alkogol savdosiga oid qat’iy chora-tadbirlarni joriy qilishni taklif etmoqda.

Jumladan, bolalar bog‘chalari va ta’lim muassasalaridan 100 metr masofada spirtli ichimlik sotishni taqiqlash, savdo nuqtalari sonini kamaytirish, alkogol mahsulotlarini majburiy raqamli yorliqlash va onlayn savdoni to‘liq taqiqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, alkogol faqat maxsus belgilangan joylarda sotilishi, chakana savdo 20:00 dan keyin, kafe va restoranlarda esa 22:00 dan keyin to‘xtatilishi taklif qilinmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Qozog‘istonda 429 ta qishloq alkogoldan butunlay voz kechgan. Masalan, Aqtobe viloyatida 33 ta, Qizilo‘rda viloyatida 18 ta, Atyrau viloyatida esa 53 ta qishloqda spirtli ichimlik savdosi taqiqlangan.

Ushbu hududlarda so‘nggi ikki yilda birorta ham huquqbuzarlik qayd etilmagani sabab, bunday tajribani boshqa joylarga ham kengaytirish rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33