Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

103 yoshli ayol “vafotidan” so‘ng tirildi

Dunyo
21
103 yoshli ayol “vafotidan” so‘ng tirildi
Hindistonning Maxarashtra shtati, Nagpur viloyatidagi Ramtek hududida 103 yoshli Gangabay Saxare ismli ayolning tirikligi kutilmaganda aniqlanib, bu voqea mahalliy aholida katta hayrat uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayolning qarindoshlari uni harakatsiz va nafas olmayotgan holatda ko‘rib, vafot etgan deb o‘ylashgan. Shundan so‘ng, an’anaga muvofiq uni oq libosga o‘rab, burniga paxta qo‘yishgan va dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashgan.

Biroq, oxirgi tayyorgarlik jarayonida yaqinlaridan biri ayolning oyoq barmoqlari qimirlaganini payqab qolgan. Shundan so‘ng, uning burnidan paxta olib tashlanganida, ayol chuqur nafas olgan.

Bu holat yig‘ilganlarning barchasini hayratga solib, motam kayfiyatini quvonchga aylantirgan. Qiziqarli tomoni shundaki, bu voqea aynan ayolning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan.

Hozirda Gangabay Saxare mahalliy aholining e’tibor markazida bo‘lib, uni “tirik mo‘jiza” deb atashmoqda. Qo‘shni qishloqlardan ham uni ko‘rish uchun kelayotganlar ko‘pligi aytilmoqda.

Bu voqea ko‘pchilikni hayratga solgan va hududda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti
DunyoBugun, 03:50
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya hukumati 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya va Belarus yo‘nalishidagi barcha muntazam avtobus qatnovlarini, shuningdek, mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘lovchi tashuvlarini
DunyoBugun, 03:31
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi savdo munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada keskinlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan yangi
DunyoBugun, 02:52
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat parlamentini tarqatish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzolashini ma’lum
DunyoBugun, 02:09
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yerida o‘tkazilgan parlament saylovlari Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblangan ushbu mamlakatda jiddiy siyosiy inqirozni yuzaga keltirdi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:55
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat o‘ta xavfli darajaga yetdi. Eron tomonidan Iordaniya hududiga qarata 20 ta ballistik raketa uchirilishi mintaqadagi keskinlikni yangi
DunyoBugun, 01:11