Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Qozog‘istonda "Imom AI" ilovasi ishga tushiriladi

Dunyo
32
Qozog‘istonda
Qozog‘istonda diniy-ma’rifiy sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “Imom AI” nomli mobil ilovani ishlab chiqish ustida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi. Ushbu loyiha 2026 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Bu haqda Orda.kz nashri xabar bergan. Qozog‘iston Oliy muftiysi Nauryzbay hoji Taganuli bergan ma’lumotga ko‘ra, “Imom AI” foydalanuvchilarning diniy savollariga tezkor va aniq javoblar berishga mo‘ljallangan.

Ilova ishonchli diniy manbalar asosida ishlaydi va zamonaviy talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyiha fuqarolarga diniy masalalar bo‘yicha qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Shuningdek, bu yangi texnologiya imomlar va ruhoniylar zimmasidagi ish yukini kamaytirishga yordam beradi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2026 yilni Raqamlashtirish va sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish yili deb e’lon qilgan edi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish mamlakatning barcha sohalardagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Musulmonlar idorasi sun’iy intellektdan diniy masalalar bo‘yicha savol so‘rash joiz emasligini bildirgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29