ENRU

O‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan bemor 40 yil yashadi

Dunyo
31
O‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan bemor 40 yil yashadi
Gretsiyalik Stamatis Moraitisning hayoti tibbiyot olamida noyob hodisalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘pka saratonining yakuniy bosqichida bo‘lishiga qaramay, taxminan 40 yil umr ko‘rgan. Ushbu voqea haqida xorijiy OAVlar, jumladan, “Daily Express” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Stamatis Moraitis AQShda yashagan va unga qariyb 40 yil avval o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar uning umri bir necha oydan oshmasligini aytishgan, ammo bu bashorat amalga oshmadi.

Tashxisdan so‘ng, u davolanishni davom ettirish o‘rniga, vataniga — aholisi uzoq umr ko‘rishi bilan mashhur Ikariya oroliga qaytishga qaror qildi. U yerda u tinch va xotirjam hayot kechira boshladi.

Ikariyada u tabiat bag‘rida yashab, sabzavot yetishtirdi, uzumzorlarni parvarish qildi va ko‘p vaqtini yaqinlari bilan o‘tkazdi. Stress, shoshilish va asabiylik uning hayotidan butkul yo‘qoldi.

Moraitisning sog‘ligi asta-sekin yaxshilandi. Yillar o‘tib, u AQShga qaytib, sog‘lig‘idagi o‘zgarish sabablarini aniqlashni xohladi.

Ammo u yerga borgach, unga tashxis qo‘ygan shifokorlar allaqachon vafot etganini bilgan. Tadqiqotchilar bu voqeani o‘rganishga kirishdi.

“National Geographic” eksperti Den Byutnerning fikricha, Moraitisning uzoq umr ko‘rishiga asosiy sabab stressning kamayishi, tabiiy ovqatlanish va xotirjam hayot tarzi bo‘lgan. Ushbu voqea sog‘lom turmush tarzi va ichki xotirjamlik inson salomatligi uchun qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59