ENRU

Xitoyda tug‘ilish darajasi rekord darajada pasaydi

Dunyo
30
Xitoyda tug‘ilish darajasi rekord darajada pasaydi
Xitoyda 2025-yilda tug‘ilish darajasi rekord darajada pasayib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har 1 000 kishiga atigi 5,63 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Shu bilan birga, o‘lim ko‘rsatkichi ham oshib, har 1 000 kishiga 8,04 nafar o‘lim qayd etilgan.

Natijada, Xitoy aholisi 3,39 millionga kamayib, jami 1,4 milliard kishiga yetgan. Mamlakat hukumatining aholi kamayishini oldini olishga qaratilgan choralari davom etmoqda.

2016-yilda “bir bola” siyosati bekor qilinib, dastlab ikki, keyin uch nafar farzand ko‘rishga ruxsat berildi. Keyinchalik, 3 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun moddiy yordam va ayrim hududlarda qo‘shimcha bonuslar joriy qilindi.

Biroq, yosh oilalar uchun farzand tarbiyasi bilan bog‘liq xarajatlarning yuqoriligi va iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ehtiyoj sababli ko‘pchilik farzandli bo‘lishni kechiktirmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu qarorlar asosan ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq.

Aholi kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishchi kuchi kamayishi, iste’molchilar sonining qisqarishi va pensiya tizimiga tushadigan bosimning oshishi kutilmoqda.

Shu sababli, hukumat aholi siyosatini kuchaytirish va yoshlarni oilaviy hayotga rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya Ichki ishlar vazirligi mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizalarini berishni vaqtincha to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:35
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Yer yuzining eng qurg‘oqchil va hayot uchun noqulay hududlaridan biri sanaladigan Chilidagi Atakama cho‘lida kutilmagan tabiat hodisasi yuz berdi. Frans Press axborot
DunyoBugun, 03:13
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkong moda olamining yorqin vakili, taniqli model va ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Ebbi Choy Tin-fungning o‘limi bilan bog‘liq mudhish tafsilotlar jamoatchilikni larzaga soldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 02:37
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ozish uchun mo‘ljallangan GLP-1 guruhiga kiruvchi preparatlarning keng tarqalishi umumiy ovqatlanish sohasida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:12
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummon Sultonligining Al-Musanna shahrida o‘tkazilgan an’anaviy tuya go‘zallik tanlovida yigirmata tuya musobaqa qoidalarini buzgani uchun chetlashtirildi. Veterinariya
DunyoBugun, 01:41
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
YouTube platformasining eng taniqli ijodkori MrBeast o‘z faoliyatida navbatdagi ulkan natijani qayd etdi. Uning yangi e’lon qilingan videosi dastlabki 24 soat ichida
DunyoBugun, 01:24