Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+9°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Ilon Mask OpenAI va Microsoft’dan 134 milliard dollar talab qildi

Dunyo
34
Ilon Mask OpenAI va Microsoft’dan 134 milliard dollar talab qildi
Ilon Mask OpenAI va Microsoft kompaniyalaridan 134 milliard dollar miqdorida zarar to‘lashni talab qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Maskning advokati Stiven Molo tomonidan bildirilgan da’volarga ko‘ra, tadbirkor OpenAI loyihasining boshlang‘ich bosqichida katta moliyaviy hissa qo‘shgan va uning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Shu sababli Mask OpenAI va Microsoft’ni noqonuniy yo‘l bilan foyda olishda ayblab, ulardan kompensatsiya undirishni talab qilmoqda.

Manbalarda aytilishicha, Mask OpenAI’dan 65,5 milliarddan 109,4 milliard dollargacha, Microsoft’dan esa 13,3 milliarddan 25,1 milliard dollargacha zarar undirishni so‘ragan. Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni Kaliforniya shtatining Oklend shahrida, aprel oyida hakamlar hay’ati ishtirokida boshlanishi kutilmoqda.

OpenAI Maskning da’volarini jiddiy qabul qilmayotganini va bu masalani shaxsiy “ta’qib kampaniyasi” deb atayotganini ma’lum qilgan. Microsoft esa mazkur masala yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 2018 yilda OpenAI’dan chiqib, hozirda xAI deb nomlangan boshqa sun’iy intellekt loyihasini rivojlantirmoqda. Ushbu masala texnologiya sohasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va “Sun’iy intellekt missiyaga xizmat qilishi kerakmi yoki biznes manfaatlariga?” degan savolni kun tartibiga olib chiqmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026