Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Rahbar oilasining qimmatbaho mulklari muhokamada

Dunyo
20
Rahbar oilasining qimmatbaho mulklari muhokamada
Checheniston rahbari oilasiga tegishli ko‘chmas mulklar haqidagi yangi ma’lumotlar keng jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy reyestr hujjatlariga asoslangan xabarlarga ko‘ra, Grozniy shahri markazida joylashgan qimmatbaho uylar rahbarning voyaga yetmagan farzandlariga tegishli ekani aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, rahbarning 9 yoshli o‘g‘li Abdullaga umumiy maydoni 2 ming kvadrat metr bo‘lgan hashamatli uy va 4 ming kvadrat metr yer uchastkasi rasmiylashtirilgan.

Ushbu mulkning qiymati 800 million rubl, ya’ni 10 million dollardan ortiq deb baholanmoqda. Mazkur uy rahbar qarorgohidan atigi 300 metr masofada joylashgan.

Avvaliga ushbu yer va uy rahbar tomonidan ijaraga olingan bo‘lib, keyinchalik o‘g‘li nomiga o‘tkazilgan. 2023 yilda, Abdulla 7 yosh bo‘lganida, ushbu mulk xususiylashtirilgan.

Tahlilchilarning fikricha, bolaning bunday qimmatbaho mulkni sotib olish uchun mustaqil moliyaviy imkoniyati bo‘lmagan. Reyestr hujjatlarida rahbarning yana bir o‘g‘li — 19 yoshli Aliga tegishli qimmatbaho uy va yer uchastkasi haqida ham ma’lumot berilgan.

Ushbu mulkning qiymati 500 million rubl deb baholanadi. Aytilishicha, Ali ushbu uyni 2024 yil fevral oyida xarid qilgan.

Shuningdek, 18 yoshli o‘g‘li Adamga ham Grozniy markazida joylashgan, to‘rt qavatli va 2 ming kvadrat metr maydonga ega hashamatli uy tegishli ekani aytilmoqda. Bu mulkning qiymati taxminan 750 million rublni tashkil etadi.

Mazkur ma’lumotlar jamoatchilikda rahbar oilasining moliyaviy imkoniyatlari va ko‘chmas mulk masalalari bo‘yicha yangi savollarni yuzaga keltirmoqda. Rahbar oilasiga tegishli bu ko‘chmas mulklar atrofida turli muhokamalar davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026