ENRU

Berron Trampning harakati qiz hayotini saqlab qoldi

Dunyo
26
Berron Trampning harakati qiz hayotini saqlab qoldi
Buyuk Britaniyada o‘tgan sud majlisida bir qiz AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning kenja o‘g‘li Berron Tramp uning hayotini saqlab qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda. Qizning so‘zlariga ko‘ra, voqea Londonda, sobiq yigitining unga nisbatan zo‘ravonlik qilgan holati bo‘yicha ko‘rilayotgan ish doirasida sodir bo‘lgan.

Berron Tramp ushbu voqeaga guvoh bo‘lib, unga yordam bergan. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu voqea 2025-yilning 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan.

19 yoshli Berron Tramp jabrlanuvchining videoqo‘ng‘irog‘iga javob bergan va unda 22 yoshli sobiq yigit Maksim Rumyantsev qizga tajovuz qilayotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng u darhol Buyuk Britaniyaning 999 qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni favqulodda holat sifatida baholagan hamda joylashuv manzilini aytgan.

Sudda voqea joyida bo‘lgan politsiya xodimlarining bodi-kamera yozuvlari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu yozuvlarda ofitserlardan biri hamkasbiga “xabar beruvchi Amerikadan, ehtimol Donald Trampning o‘g‘li”, degan gapni aytgani eshitilgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, Rumyantsev jabrlanuvchiga Berron Trampga rashk qilgani sababli bosim o‘tkazgan. Ushbu voqea jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otgan va Berron Trampning tezkor harakati tufayli jabrlanuvchi qiz hayoti xavfdan saqlab qolingan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59