ENRU

Mushugi tufayli ishdan bo‘shatilgan erkak sudda g‘alaba qozondi

Dunyo
16
Mushugi tufayli ishdan bo‘shatilgan erkak sudda g‘alaba qozondi
Finlyandiyada bir erkak uy mushugini yo‘qotgani sababli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi olgani bilan bog‘liq voqea jamoatchilikning diqqatini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mushuk og‘ir kasallikka chalingan va uni evtanaziya qilishga to‘g‘ri kelgan. Mushukning o‘limi erkak uchun ruhiy zarba bo‘lgani sabab u ish joyiga kasallik varaqasini topshirgan va tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan.

Biroq ish beruvchi bu holatni “uzrli sabab” sifatida qabul qilmagan. Korxona rahbariyati hujjatlarni rad etib, xodimga “yo ishga qayt, yo ariza yoz” talabini qo‘ygan.

Erkak bosim ostida ishga qaytishga majbur bo‘lgan, ammo keyinchalik “uzrli sabablarisiz ishga kelmagan” degan vaj bilan ishdan bo‘shatilgan. Shundan so‘ng, u Tampere shahridagi tuman sudiga murojaat qilgan.

Sud xodimning foydasiga qaror chiqargan va korxonani unga 40 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga majbur qilgan. Ushbu summa kompensatsiya, kasallik davri uchun to‘lov hamda sud jarayoniga ketgan xarajatlarni o‘z ichiga olgan.

Afsuski, erkak sud qarori e’lon qilinishidan oldin vafot etgan. Sud mablag‘ni uning meros tarkibiga kiritish haqida qaror chiqargan.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33