ENRU

Ilon Mask: Sun’iy intellekt insoniyatdan ustun bo‘ladi

Dunyo
19
Ilon Mask: Sun’iy intellekt insoniyatdan ustun bo‘ladi
Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt 2026 yil oxiriga borib har qanday alohida insonning aql-idrokidan ustun bo‘lishi, 2031 yilga kelib esa butun insoniyatning umumiy intellektidan ham o‘zib ketishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda podrobno.uz xabar berdi. Mask bu fikrlarini Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida bildirgan.

U sun’iy intellekt rivoji kutilganidan ham tezroq sodir bo‘layotganini va insoniyat texnologik singulyarlikka tobora yaqinlashib borayotganini qayd etdi. Biroq uning fikricha, asosiy muammo texnologiyalarda emas, balki elektr energiyasi ta’minotida.

Neyron tarmoqlar uchun chiplar ishlab chiqarish hajmi oshayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlar energiya infratuzilmasini bunday yuklamalarga moslashtirishga ulgurmayapti. Ilon Mask muqobil yechim sifatida hisoblash quvvatining bir qismini kosmosga ko‘chirish g‘oyasini taklif qildi.

U SpaceX kompaniyasi orqali quyosh energiyasida ishlaydigan va vakuumda sovishi mumkin bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirmoqda. Ushbu sun’iy yo‘ldoshlarga sun’iy intellekt tizimlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Mask sun’iy intellektning xavflariga qaramay, uning insoniyatga katta foyda keltirishi mumkinligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, to‘g‘ri nazorat ostida AI va Tesla Optimus kabi gumanoid robotlar tovar va xizmatlarni arzon va qulay qilib, barcha uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32