Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Moskva: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Dunyo
22
Moskva: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
22-yanvar kuni Moskva shahrida "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlik masalalari va 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Ushbu reja 2025-yil 9-oktabr kuni Dushanbeda o‘tkazilgan ikkinchi "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammiti yakunida tasdiqlangan edi.

Maslahatlashuvlarda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ermuhambet Konuspoyev, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alma Imangaziyev, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov, Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Davlatshoh Gulmahmadzoda, Turkmanistonning Rossiyadagi elchisi Esen Aydog‘diyev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida sammit chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma rejani tizimli amalga oshirish mexanizmlarini ko‘rib chiqdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, transport va logistika, energetika, tibbiyot, madaniy-gumanitar aloqalar va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tgani ta’kidlandi. Maslahatlashuvlar yakunida Rossiya Energetika vazirligi huzurida Markaziy Osiyo davlatlari bilan energetika masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishildi.

Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari Roman Marshavin mazkur ishchi guruh yoqilg‘i-energetika majmuasidagi hamkorlikni rivojlantirish va davlat rahbarlari tasdiqlagan harakatlar rejasini amalga oshirishga xizmat qilishini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026