Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Tojikiston chegarasida kontrabandachilar yo‘q qilindi

Dunyo
27
Tojikiston chegarasida kontrabandachilar yo‘q qilindi
Tojikiston chegarachilari Afg‘oniston tomondan noqonuniy tarzda chegarani kesib o‘tgan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan uch nafar kontrabandachini zararsizlantirganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda podrobno.uz xabar berdi. Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hodisa 29-yanvar kuni kechqurun Shamsiddin Shohin tumanida joylashgan 0341-harbiy qismning “Bahorak” chegara zastavasi yaqinida sodir bo‘lgan.

Badahshon viloyati tomoni orqali besh nafar afg‘on fuqarosi noqonuniy ravishda chegarani buzib o‘tgan. Ular ortga qaytishga uringan paytda chegarachilar naryadiga qarata o‘t ochgan.

Javob otishmasi natijasida uch nafar huquqbuzar yo‘q qilingan, ikki nafari esa Afg‘oniston hududiga qochib ketgan. Hodisa joyida halok bo‘lganlarning jasadlari, uchta Kalashnikov avtomati, to‘rtta magazin, 150 dona o‘q-dori, qayiq hamda giyohvand moddalar – gashish va opiy solingan katta o‘ramlar topilgan.

Chegara qo‘shinlari davlat chegarasini himoya qilish va kontrabanda bilan bog‘liq qonunbuzarliklarga chek qo‘yish choralarini davom ettirayotgani, vaziyat nazoratda ekanini ma’lum qildi. Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan bir nechta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ular orasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, kontrabanda, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish va qurol saqlash kabi moddalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Tojikiston–Afg‘oniston chegarasida qurolli hujumning oldi olingani haqida xabar berilgandi. O‘sha vaqtda terrorchi guruhning uch a’zosi Tojikiston hududiga kirishga uringan va maxsus amaliyot davomida yo‘q qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026