Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yangi ekzosayyora: Yerga o‘xshash, lekin sovuqroq

Dunyo
54
Yangi ekzosayyora: Yerga o‘xshash, lekin sovuqroq
Xalqaro astronomlar guruhi HD 137010 b deb nomlangan yangi ekzosayyorani kashf etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu sayyora Yerdan taxminan 146 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Olimlarning ta’kidlashicha, uning hajmi Yerga juda yaqin bo‘lib, yulduzi atrofida aylanish davri ham Yerdagi bir yilga o‘xshash.

Mazkur topilma haqida “The Guardian” nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyora NASAning “Kepler” kosmik teleskopi tomonidan 2017-yilda yig‘ilgan ma’lumotlarga asoslangan holda aniqlangan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, HD 137010 b Yerdan atigi 6 foizga kattaroq va u yulduzi atrofida 355 kun ichida bir marta aylanadi. Olimlar bu sayyora “yashashga yaroqli zona”da joylashgan bo‘lishi ehtimoli 50 foizni tashkil qilishini qayd etmoqda.

Bu zona nazariy jihatdan suyuq suv mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud hisoblanadi. Biroq, sayyora orbita va aylanish davri jihatidan Yerga o‘xshash bo‘lsa-da, uning sharoiti Yerdagidek qulay emas.

Tizimdagi yulduz Quyoshga o‘xshash bo‘lishiga qaramay, u sovuqroq va nisbatan kamroq yorug‘lik tarqatadi. Shu sababli, sayyora yuzasidagi harorat Marsdagiga yaqin bo‘lib, -70 daraja va undan ham past bo‘lishi mumkin.

Suinbern texnologiya universiteti olimi Sara Uebbning fikricha, sayyorada suv mavjud bo‘lish ehtimoli bor, lekin uning aksariyati muz holatida bo‘lishi mumkin. Janubiy Kvinslend universiteti olimi Chelsi Xuang esa ushbu sayyoraning o‘rganilishi yulduzning yaqinligi va yorqinligi sababli alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

HD 137010 b Yerdan nisbatan yaqin masofada joylashgani sababli, kelajakda zamonaviy teleskoplar yordamida uning atmosferasi va sirtidagi sharoitlar haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Taqqoslash uchun, ilgari kashf etilgan eng yaqin Kepler-186f ekzosayyorasi HD 137010 b ga qaraganda to‘rt baravar uzoqda va yulduzi 20 baravar xira ekani aniqlangan.

Shu sababli, yangi topilma ilmiy tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida batafsil o‘rganilishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026