Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi

Dunyo
42
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi ilk tilla bilan qoplangan ko‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu loyiha, asosan, sayyohlar va zargarlik sohasi vakillarini jalb qilish hamda mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur tashabbus Ithra Dubai kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, loyiha tafsilotlari bosqichma-bosqich e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu yangilikni The Independent nashri xabar qildi. Rejaga ko‘ra, “tilla ko‘cha” yangi zargarlik kvartalining markaziy qismida joylashadi.

Bu hududda 1000 dan ortiq do‘kon faoliyat yuritishi, ularda tilla va zargarlik buyumlari bilan birga atir-upa va kosmetika mahsulotlari ham sotilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kvartalda oltita yangi mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur hudud Dubayning qadimiy Tilla bozori yaqinida joylashadi. Loyiha qiymati hozircha ma’lum qilinmagan.

Dubay festivallari va chakana savdo boshqarmasi bosh direktori Ahmad al-Hajja ushbu loyiha haqida fikr bildirar ekan, oltin Dubay madaniyati va savdosining ajralmas qismi ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha tarixiy merosga hurmat hamda ijodkorlik va barqaror rivojlanishni birlashtiradi.

Dubay dunyo oltin savdosining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, global oltin aylanmasining 20–25 foizi aynan Dubay orqali o‘tadi.

Amirlik asosan xom ashyo ko‘rinishidagi oltinni qabul qilib, uni qayta ishlash orqali eksport qiladi. Shuningdek, dunyodagi eng og‘ir tilla uzuk — “Taiba Najmat” ham Dubayda saqlanadi.

Ushbu uzukning vazni 64 kilogrammdan ortiq ekani aytiladi. Agar loyiha tasdiqlansa, Dubay yana bir bor “oltin poytaxti” unvonini mustahkamlaydi.

Tilla bilan qoplangan ko‘cha esa sayyohlar uchun eng ko‘zga ko‘ringan joylardan biriga aylanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026