Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

ADAC prezidenti Hillebrand iste’foga chiqdi

Dunyo
31
ADAC prezidenti Hillebrand iste’foga chiqdi
Germaniyadagi eng yirik avtomobil klublaridan biri bo‘lgan ADACning transport masalalari bo‘yicha prezidenti Gerhard Hillebrand iste’foga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat uning Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga bergan intervyusidan so‘ng kelib chiqqan ommaviy norozilik sababli yuzaga keldi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Hillebrand intervyusida ekologik toza transport vositalariga o‘tishni rag‘batlantirish uchun benzin narxini oshirish zarurligini ta’kidlagan edi. Unga ko‘ra, odamlar dizel va benzinli avtomobillardan elektromobillarga o‘tishi uchun qat’iy choralar ko‘rish lozim.

Biroq, uning bu taklifi klub a’zolari orasida keskin qarshilikka sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi to‘rt hafta davomida 60 mingga yaqin a’zo klubni tark etgan.

Bu holat ADAC tarixida kamdan-kam uchraydigan norozilik sifatida baholanmoqda. Klub rahbariyati Hillebrandning fikrlari tashkilotning rasmiy nuqtayi nazarini aks ettirmasligini ma’lum qildi.

Ularning ta’kidlashicha, ADAC har doim hamyonbop transport tarafdori bo‘lib qoladi va aholiga qo‘shimcha moliyaviy yuklamalar yuklashga qarshi. Shuningdek, klub Hillebrandning bayonoti ko‘pchilik tomonidan “avtomobilchilarning manfaatlarini himoya qilishdan voz kechish” sifatida qabul qilinganini tan oldi va bu masala bo‘yicha tegishli xulosa chiqarilishini va’da qildi.

Eslatib o‘tamiz, ADAC Germaniyada 22 millionga yaqin a’zoga ega bo‘lgan yirik avtomobilchilar klubi hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026