Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Ufa shahridagi maktabda qurolli hodisa sodir bo‘ldi

Dunyo
16
Ufa shahridagi maktabda qurolli hodisa sodir bo‘ldi
Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan 16-sonli shahar gimnaziyasida qurolli hodisa sodir bo‘lgani haqida xabar berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi plastik pnevmatik qurol va petarda bilan ta’lim muassasasiga kirib, dars vaqtida o‘qituvchi hamda uch nafar sinfdoshiga o‘q uzgan. Shuningdek, portlashga o‘xshash tovush eshitilgani ham qayd etilgan.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida yuz bergan. Hodisa joyiga politsiya, Rossiya Milliy gvardiyasi va favqulodda xizmatlar tezkor yetib borishgan.

Maktab hududi nazoratga olinib, kirish-chiqish vaqtincha cheklangan. Boshqirdiston hukumati rahbari o‘rinbosari Ural Kilsenbayevning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Gumon qilinayotgan o‘quvchi esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan bir nechta jinoiy ishlar ochilgan.

Jumladan, mansabdor shaxslarning beparvoligi bilan bog‘liq moddalar asosida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval dekabr oyida Moskva viloyatining Odintsovo tumanida ham shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgandi.

O‘sha voqeada qurollangan o‘quvchi tojikistonlik bolaga hujum qilib, fojia bilan yakunlangan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026