Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Quyoshdagi kuchli chaqnashlar yerga xavf tug‘dirmoqda

Dunyo
57
Quyoshdagi kuchli chaqnashlar yerga xavf tug‘dirmoqda
2-fevral kuni NASA va AQSh kosmik ob-havo xizmatlari Quyoshdagi faollikning keskin kuchaygani haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh yuzasida tez kengayayotgan 4366-raqamli dog‘ shu kuni X toifasiga mansub to‘rtta kuchli chaqnashni keltirib chiqargan. Eng kuchli chaqnash 1-fevral oqshomida X8.1 darajasida qayd etilgan bo‘lib, bu 2024-yil oktabr oyidan beri eng yorqin chaqnash sifatida baholandi.

Mutaxassislarning fikricha, fevral oyining birinchi haftasida bunday chaqnashlar davom etishi mumkin. X toifasiga kiruvchi chaqnashlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, kosmik texnika va astronavtlar uchun xavf tug‘dirishi ehtimoli bor.

Ultrabinafsha va rentgen nurlari yuqori atmosferani ionlashtirgani sababli Janubiy Tinch okeanida R3 darajadagi radioaloqa uzilishlari kuzatilgan. Bundan tashqari, Avstraliyaning sharqi va Yangi Zelandiyada qisqa to‘lqinli aloqa tizimlarida muammolar yuzaga kelgan.

Shuningdek, chaqnashlar natijasida yuzaga kelgan plazma buluti 5-fevral atrofida Yerga yaqinlashishi kutilmoqda. Bu esa pastroq kengliklarda avroralarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar ushbu hodisalarni kuzatishda davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026