Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Samolyot tomiga chiqqan erkak reysni kechiktirdi

Dunyo
23
Samolyot tomiga chiqqan erkak reysni kechiktirdi
Ispaniyaning Valensiya shahri yaqinidagi Manises aeroportida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

24 yoshli erkak parvozga tayyor turgan samolyotning tomiga chiqib, g‘ayrioddiy harakatlar qildi. Hodisa 2-fevral kuni yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak Marokash fuqarosi bo‘lib, qanday qilib aeroportning cheklangan hududiga kirib olgani hozircha noma’lum. U Vueling aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyotiga zinapoya orqali ko‘tarilib, tom qismiga chiqqan.

Guvohlarning aytishicha, erkak samolyot tomida raqsga tushgan, qo‘l harakatlari bilan pastdagilarni masxara qilgandek bo‘lgan va aeroport xodimlarining ishiga xalal bergan. Shuningdek, u qo‘lidagi ichimlikdan ichib, idishni yerga otgan.

Erkak tom bo‘ylab yugurib, aeroport xodimlarini ataylab chalg‘itishga harakat qilgan. Oqibatda fuqarolik gvardiyasining uch nafar xodimi uni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Erkak qarshilik ko‘rsatmasdan pastga tushgan va Valensiyadagi kasalxonaning psixiatriya bo‘limiga yuborilgan. Hozircha unga rasmiy ayblov qo‘yilgan-qo‘yilmagani haqida ma’lumot berilmagan.

Ushbu hodisa sabab Vueling aviakompaniyasining Amsterdamga uchishi kerak bo‘lgan reysi ikki yarim soatga kechikdi. Yo‘lovchilar boshqa samolyotga o‘tkazilib, Niderlandiyaga jo‘natilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026