Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+19°
bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

O‘zbekiston Qozog‘istondan 66 ming tonna go‘sht import qildi

Dunyo
32
O‘zbekiston Qozog‘istondan 66 ming tonna go‘sht import qildi
Qozog‘istonda 2025 yilga oid bojxona ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga eksport qilingan 1 kilogramm mol go‘shti o‘rtacha 3 dollar atrofida sotilgan. Bu haqda mahalliy nashr “Cmn.kz” xabar berdi.

Raqamlarga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston Qozog‘istondan 66,1 ming tonna mol go‘shti va submahsulotlarni jami 189,9 million AQSH dollariga xarid qilgan. Bu o‘rtacha hisobda 1 kilogramm go‘sht uchun 2,87 dollardan to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston ichki bozorida mol go‘shti narxi 30 foizdan oshib, 1 kilogrammi 4–4,5 ming tengega yetgan. Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Janel Kushukova mazkur raqamlarga shubha bilan qaragan.

U ichki va tashqi narxlar orasidagi katta tafovutni izohlab, bu ma’lumot texnik xatolik natijasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. “Go‘shtni davlat davlatga sotmaydi, balki ishlab chiqaruvchilar shartnoma asosida sotadi.

Agar ichki bozorda narx bir necha barobar yuqori bo‘lsa, mahsulotni 3 dollarga eksport qilish iqtisodiy jihatdan foydasiz”, – dedi u. Vazir o‘rinbosari ushbu masalani chuqur o‘rganish va zarur hollarda bojxona organlari bilan aniqlik kiritish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Savdo vazirligi Qozog‘istonda mol go‘shti narxlari oshib borayotganini tan oldi. Kushukovaning so‘zlariga ko‘ra, narxlarning o‘sishiga chorva sonini tiklash jarayonining uzoq davom etishi va O‘zbekistondan talabning keskin oshishi sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda go‘sht iste’moli sezilarli darajada oshgan. Ammo tabiiy va geografik cheklovlar sabab mamlakat o‘z ishlab chiqarish hajmini ushbu ehtiyoj darajasida kengaytira olmayapti.

Shu bois, importga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026