Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Bashar Asadning beparvoligi Suriya inqirozini chuqurlashtirdi

Dunyo
19
Bashar Asadning beparvoligi Suriya inqirozini chuqurlashtirdi
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning hokimiyati qulash arafasida bo‘lgan davrda uning o‘z vazifalariga beparvoligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Atlantic jurnali xabariga ko‘ra, shaharlar birin-ketin qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tayotgan, mamlakatda vaziyat og‘irlashayotgan bir paytda Asad telefonida o‘yin o‘ynab vaqt o‘tkazgan. Jurnalist Robert F.

Uortning yozishicha, prezidentning atrofidagilar uning bu xatti-harakatidan hayratda qolgan. Hatto yaqin maslahatchilar va xorijiy davlatlardan yordam takliflari bo‘lganiga qaramay, Asad mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga shoshilmagan.

O‘sha vaqtda Rossiya, Turkiya va Eron Asad rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun turli yordamlarni taklif qilgan, biroq Asad ularga javob bermagan. U mamlakatda og‘ir bo‘lib borayotgan vaziyatni nazorat qilish o‘rniga, o‘zini chetga olgan va o‘yinlarga mukkasidan ketgan.

Bu esa davlat boshqaruvidagi zaiflikni yanada kuchaytirgan. 2024 yil dekabr oyida qo‘zg‘olonchilar Damashqni egallab, hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini e’lon qilishdi.

Bashar Asad esa oilasi bilan mamlakatni tark etib, Moskvaga yo‘l oldi. Rossiya unga boshpana taqdim etdi va Kreml bu qarorni “insonparvarlik nuqtayi nazaridan” qabul qilganini ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Asadning qaror qabul qilmasligi va beparvoligi nafaqat uning hokimiyatini, balki butun davlat tizimini izdan chiqargan. Bu holat Suriya uchun og‘riqli saboq bo‘ldi.

Endi asosiy maqsad — yangi bosqichda tinchlikni ta’minlash va aholi hayotini yaxshilashdir. Tarix shuni ko‘rsatadiki, ba’zan davlatni tank emas, balki rahbarning sukuti ham yengishi mumkin.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026