ENRU

Rossiya dronlari Ukrainaga hujum qildi, qurbonlar bor

Dunyo
24
Rossiya dronlari Ukrainaga hujum qildi, qurbonlar bor
8-fevralga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Ukraina hududiga yirik hujum uyushtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ukraina Havo kuchlari bergan ma’lumotga ko‘ra, hujumda 101 ta uchuvchisiz apparat, jumladan, Shahed turidagi kamikadze-dronlar, “Gerbera”, “Italmas” va boshqa turdagi qurilmalar qo‘llangan. Bu dronlar Kursk, Oryol, Bryansk, Primorsko-Axtarsk va Shatalovo yo‘nalishlaridan uchirilgan.

Ukraina havo mudofaasi 69 ta dronni urib tushirgan yoki elektron vositalar yordamida zararsizlantirgan. Biroq, 32 ta dron o‘z nishoniga yetib borgan.

Eng og‘ir xabar Kramatorskdan keldi. Donesk viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, soat 05:00 atrofida shaharga FAB-250 aviabombasi tashlangan.

Portlash natijasida bir ayol halok bo‘lgan, uch erkak jarohatlangan. Uylar va avtomobillar zarar ko‘rgan.

Holat yuzasidan tergov boshlangan. Xerson shahrining markaziy qismi va Korabelniy tumani reaktiv tizimlardan o‘qqa tutilgan.

Ayrim manbalarda sakkiz ayol yaralangani, ba’zilarini vayronalar ostidan qutqarishgan. Uylar va boshqa binolar ham zarar ko‘rgan.

Poltava viloyatida Naftogaz obyektlari nishonga olingan, asbob-uskunalar shikastlangan, ammo jabrlanganlar yo‘q. Odessa atrofida esa sanoat obyekti zarar ko‘rgan, portlash to‘lqini diniy inshootlarga ham zarar yetkazgan.

Lvivda ham portlashlar qayd etilgan. Bir dron zararsizlantirilgan, jabrlanganlar yo‘q.

Ushbu voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, Ukraina hududining turli nuqtalarida xavf yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Infratuzilma va aholi yashash joylari hanuz xavf ostida.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoyning yirik shaharlari ko‘chalarida odamsimon robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Pekin, Chendu va Fuchjou kabi hududlarda paydo bo‘lgan ushbu
DunyoBugun, 04:08
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yirik texnologiya korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasiga qarashli ma’lumotlar markazlariga berilgan zarbalar raqamli makondagi vaziyatni tubdan
DunyoBugun, 03:51
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga uyushtirilgan ballistik raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi tan jarohati
DunyoBugun, 03:24
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjonning turli hududlaridagi ta'lim muassasalarida hijob va diniy ro‘mollarga nisbatan amalda joriy etilgan qat’iy cheklovlar jamiyatda keskin noroziliklar va ommaviy namoyishlarga sabab
DunyoBugun, 02:36
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Hind okeanining bag‘rida joylashgan Seyshel orollariga qarashli Aldabra atollida olib borilgan yangi tadqiqotlar natijasida ulkan toshbaqalarning umumiy soni taxminan 180 mingtaga yetgani aniqlandi.
DunyoBugun, 02:12
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi 2026-yilgi iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro mukofot g‘oliblarini e’lon qildi. Alfred Nobel
DunyoBugun, 01:45