ENRU

Ona ikki farzandini beshinchi qavatdan tashladi

Dunyo
48
Ona ikki farzandini beshinchi qavatdan tashladi
Qozog‘istonning Jambil viloyatida joylashgan Taraz shahrida og‘ir va dahshatli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat politsiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ona o‘zining ikki nafar farzandini ko‘p qavatli uyning beshinchi qavati derazasidan pastga uloqtirgan. Ushbu holat bo‘yicha «NUR.KZ» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 va 2023 yillarda tug‘ilgan ikki bola mo‘jizaviy tarzda tirik qolgan, ammo ular jiddiy tan jarohatlari olgan. Shifokorlarning xabariga ko‘ra, bolalarda yopiq bosh miya shikasti va miya shishi aniqlangan.

Shuningdek, katta farzandning son suyagi siljigan. Hozirda tibbiyot xodimlari bolalarning hayotini saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Eng kichik bolaning bosh, ko‘krak qafasi va tos suyaklari bo‘yicha kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Zarur tibbiy muolajalar, jumladan, laparotsentez amaliyoti bajarilgan va davolash jarayonlari davom etmoqda.

Katta farzandga esa oyoq suyagi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti rejalashtirilgan. Hodisa yuzasidan sudgacha tergov harakatlari boshlandi.

Gumonlanuvchi ayol qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Hozirda ish bo‘yicha barcha tergov tadbirlari olib borilmoqda.

Ayolning bunday harakatiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21