ENRU

Ka’ba Kisvasi bo‘laklari Epshteynga qanday yetkazilgan?

Dunyo
21
Ka’ba Kisvasi bo‘laklari Epshteynga qanday yetkazilgan?
Yaqinda e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Makkadagi muqaddas Ka’ba Kisvasining bo‘laklari AQShga yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu matolar Birlashgan Arab Amirliklari orqali tashkil etilgan jo‘natmalar bilan Jeffri Epshteynga yetkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning fevral va mart oylarida Aziza al-Ahmadiy ismli tadbirkor ayol Abdulloh al-Maari bilan hamkorlikda Kisvaning uchta bo‘lagini jo‘natgan.

Kisva islom olamida alohida hurmatga ega bo‘lib, har yili Ka’badan eski mato olib tashlanib, uning o‘rniga yangisi joylashtiriladi. Eski Kisva qismlari esa diniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan noyob buyum sifatida saqlanadi.

Hujjatlarda aytilishicha, bu yuk Saudiya Arabistonidan Floridaga British Airways orqali havo transporti bilan yuborilgan. Yuk 2017 yil mart oyida Epshteynning Floridadagi uyiga yetkazilgan.

Shu vaqtga kelib, Epshteyn jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan va maxsus ro‘yxatga olingan edi. Elektron yozishmalarda Aziza al-Ahmadiy Epshteynga Kisvaning diniy ahamiyatini alohida ta’kidlab yozgani qayd etilgan.

Ammo bu matoning nega aynan unga yuborilgani va tomonlar o‘rtasidagi aloqaning qanday boshlanganiga oid batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoyning yirik shaharlari ko‘chalarida odamsimon robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Pekin, Chendu va Fuchjou kabi hududlarda paydo bo‘lgan ushbu
DunyoBugun, 04:08
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yirik texnologiya korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasiga qarashli ma’lumotlar markazlariga berilgan zarbalar raqamli makondagi vaziyatni tubdan
DunyoBugun, 03:51
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga uyushtirilgan ballistik raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi tan jarohati
DunyoBugun, 03:24
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjonning turli hududlaridagi ta'lim muassasalarida hijob va diniy ro‘mollarga nisbatan amalda joriy etilgan qat’iy cheklovlar jamiyatda keskin noroziliklar va ommaviy namoyishlarga sabab
DunyoBugun, 02:36
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Hind okeanining bag‘rida joylashgan Seyshel orollariga qarashli Aldabra atollida olib borilgan yangi tadqiqotlar natijasida ulkan toshbaqalarning umumiy soni taxminan 180 mingtaga yetgani aniqlandi.
DunyoBugun, 02:12
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi 2026-yilgi iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro mukofot g‘oliblarini e’lon qildi. Alfred Nobel
DunyoBugun, 01:45