Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Chexiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Dunyo
30
Chexiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejalashtirilmoqda
Chexiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat bosh vaziri Andrey Babish bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. U o‘z murojaatida bu qaror Fransiyaning tajribasidan ilhomlangan holda qabul qilinayotganini ta’kidladi.

"Men ushbu taqiq tarafdoriman, chunki mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Biz bolalarni himoya qilishimiz kerak", — dedi Babish.

Bosh vazir o‘rinbosari Karel Gavlichekning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu masala bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashib, yil oxiriga qadar rasmiy taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda. U ijtimoiy tarmoqlarning bolalar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini "vabo" darajasidagi muammo deb atadi va bu masalani jiddiy hal qilish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Fransiya milliy majlisi shunga o‘xshash qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan edi. Shuningdek, Avstraliya 2025 yildan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga taqiq qo‘yishni rejalashtirgan.

Ispaniyada ham bu borada yangi reja ishlab chiqilmoqda. Hozirda bolalarni onlayn xavflardan himoya qilish masalasi ko‘plab davlatlar kun tartibidagi dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026