ENRU

Firibgarlar ko‘proq kimlarga qo‘ng‘iroq qilishadi?

Dunyo
20
Firibgarlar ko‘proq kimlarga qo‘ng‘iroq qilishadi?
Rossiya Federatsiyasi Moliya universiteti dotsenti Petr Shcherbachenko bergan ma’lumotga ko‘ra, firibgarlar eng ko‘p qo‘ng‘iroq qiladigan rossiyaliklarning ikki toifasi aniqlangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u RG.RU nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Mutaxassisning ta’kidlashicha, xavf ostidagi birinchi toifa daromadi 50 ming rubldan yuqori bo‘lgan 35-44 yosh oralig‘idagi fuqarolardir.

Ikkinchi toifa esa 65 yoshdan oshgan nafaqaxo‘rlardan iborat. Firibgarlar keksa odamlardan rasmiy qo‘ng‘iroqlarga ishonuvchanliklarini, o‘rta yoshdagilardan esa qo‘shimcha daromadga qiziqishlarini suiiste’mol qilishga urinadi.

Shcherbachenko yirik shaharlardagi fuqarolar firibgarlik qo‘ng‘iroqlari uchun asosiy nishon ekanini qayd etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha firibgarlik qo‘ng‘iroqlarining 16,8 foizi Moskva, 7 foizi Krasnodar, 6,3 foizi Sankt-Peterburg, 3,5 foizi Novosibirsk va 3,2 foizi Ufa aholisi orasida qayd etiladi.

Unga ko‘ra, firibgarlar odatda tushdan keyin, ayniqsa soat 16:00 dan 18:00 gacha faol bo‘lishadi. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, "+7" bilan boshlanmaydigan telefon raqamlari va xabar almashish ilovalari orqali kelgan qo‘ng‘iroqlar xavfli bo‘lishi mumkin.

Firibgarlar ko‘pincha texnologiyadan foydalanib, telefon raqamlarini soxtalashtiradi. Shu sababli, bunday qo‘ng‘iroqlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.

O‘xshash yangiliklar

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya Ichki ishlar vazirligi mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizalarini berishni vaqtincha to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:35
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Yer yuzining eng qurg‘oqchil va hayot uchun noqulay hududlaridan biri sanaladigan Chilidagi Atakama cho‘lida kutilmagan tabiat hodisasi yuz berdi. Frans Press axborot
DunyoBugun, 03:13
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkong moda olamining yorqin vakili, taniqli model va ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Ebbi Choy Tin-fungning o‘limi bilan bog‘liq mudhish tafsilotlar jamoatchilikni larzaga soldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 02:37
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ozish uchun mo‘ljallangan GLP-1 guruhiga kiruvchi preparatlarning keng tarqalishi umumiy ovqatlanish sohasida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:12
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummon Sultonligining Al-Musanna shahrida o‘tkazilgan an’anaviy tuya go‘zallik tanlovida yigirmata tuya musobaqa qoidalarini buzgani uchun chetlashtirildi. Veterinariya
DunyoBugun, 01:41
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
YouTube platformasining eng taniqli ijodkori MrBeast o‘z faoliyatida navbatdagi ulkan natijani qayd etdi. Uning yangi e’lon qilingan videosi dastlabki 24 soat ichida
DunyoBugun, 01:24