ENRU

Aliya Galitskaning dafn marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi

Dunyo
41
Aliya Galitskaning dafn marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi
Aliya Galitskaning dafn marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Moskva yaqinidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida vafot etgan Aliya Galitskani dafn etishga tergovchi ruxsat bergan. Bu haqda uning advokati Dmitriy Yemelyanov ma’lum qildi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, murdani yorish va sud-tibbiy ekspertizasi tugallangach, tergov ishlari yakunlangan. Dafn marosimi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Galitskaning o‘limi haqida xabar o‘tgan yakshanba kuni tarqalgan edi. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, u 6 fevral kuni Istra shahar sudining qarori bilan hibsga olinganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Galitskaya sobiq turmush o‘rtog‘i Aleksandr Galitskiydan 150 million dollar tovlamachilikda gumon qilinib hibsga olingan edi. Aleksandr Galitskiy avval Rossiya banklaridan birining direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘lim sabablarini o‘rganishni boshladi. Himoya tomoni ehtiyot choralarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.

Galitskaya esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan kuzda Galitskaya Moskvaning Presnenskiy sudiga sobiq turmush o‘rtog‘i bilan mulkni bo‘lishish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan.

Bu jarayonda sud Galitskiyga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkka taqiq qo‘ygan. Mazkur mulklarning kadastr qiymati 435 million rubl bo‘lsa, da’vogar tomonning hisobiga ko‘ra, bozor qiymati 1,2 milliard rubldan oshgan.

Galitskaning vafoti sababli 10-fevralga belgilangan sud ishi to‘xtatilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Oregon shahri Bend maktabida mudhish qurolli hujum yuz berdi, beshta o'quvchi va xodim halok bo'lgan
Oregon shahri Bend maktabida mudhish qurolli hujum yuz berdi, beshta o'quvchi va xodim halok bo'lgan
Amerika Qo'shma Shtatlarining Oregon shtati Bend shahrida joylashgan maktablardan birida mudhish qurolli hujum yuz berdi. O'n olti yoshli o'smir ta'lim muassasasiga
DunyoBugun, 17:35
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13