ENRU

Ramzan Qodirov o‘g‘li haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Dunyo
32
Ramzan Qodirov o‘g‘li haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li, mintaqa Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov ishtirok etgani aytilgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qodirov ushbu ma’lumotlarni asossiz va “soxta tashviqot” deb atadi. Bu haqda u 9-fevral kuni respublika prokurori Arsan Adayev bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi.

Ramzan Qodirovning ta’kidlashicha, hozirda sun’iy intellekt yordamida turli soxta videolar va axborotlar tayyorlash osonlashgan. Shu sababli odamlarni bunday ma’lumotlar bilan chalg‘itish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

U mamlakat bo‘ylab 128 mingta yo‘l-transport hodisasi qayd etilganini, natijada 13 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini qayd etdi. Ammo bu kabi jiddiy hodisalar ommaviy muhokama qilinmayotgan bir paytda, noma’lum manbalardan kelib chiqqan va uning o‘g‘li ishtirok etgan deb iddao qilingan avariya haqidagi xabarlar xalqaro darajada katta shov-shuvga sabab bo‘lganini tanqid qildi.

Shuningdek, Qodirov Checheniston hududida internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, soxta axborotlarga qarshi kurash butun mamlakat uchun muhim masala hisoblanadi.

Chechenistonga oid ishonchsiz ma’lumotlar esa ommaviy axborot vositalarida tez-tez paydo bo‘lib, ortiqcha shov-shuvga sabab bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44