Bugun
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
+24°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Keniyada puldan guldasta yasash taqiqlandi

Dunyo
18
Keniyada puldan guldasta yasash taqiqlandi
Kenyada 14-fevral – Sevishganlar kuni munosabati bilan puldan guldasta yasash taqiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Markaziy banki bu borada maxsus ogohlantirish berdi. Unga ko‘ra, keyingi vaqtlarda banknotalardan guldasta va turli bezaklar yasash holatlari ko‘paygan.

Bu esa qonunbuzarlik hisoblanadi. Markaziy bank xabariga ko‘ra, Keniya shillingi kupyuralari yelimlanib, shtapellanib yoki igna bilan teshilib bezatilmoqda.

Bir qarashda bunday “sovg‘a” chiroyli ko‘rinsa-da, amalda pulning butligini buzadi. Natijada banknotalar muomalaga yaroqsiz holga keladi va ularni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Bu esa qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bank ta’kidlashicha, naqd pulni sovg‘a qilish mumkin, lekin bu jarayonda banknotalarni shikastlamaslik, ularning holatini buzmaslik lozim.

Pulni yelimlash, teshish yoki boshqa yo‘llar bilan dekoratsiya qilish yaxshi fikr emas. Qonunchilikka ko‘ra, valyuta banknotalarini shikastlash, yaroqsiz holga keltirish yoki butligini buzish taqiqlangan.

Keniya Jinoyat kodeksining 367-moddasiga binoan, bu qilmish uchun shaxs 3 oygacha qamoq jazosi yoki 2000 shilling (15,50 AQSh dollari atrofida) miqdorida jarima bilan jazolanishi mumkin. Qiziq tomoni shundaki, bu masalada Keniya yolg‘iz emas.

2023 yil mart oyida Gana banki ham fuqarolarni puldan guldasta va savat yasashdan tiyilishga chaqirgan edi. Xulosa qilib aytganda, romantika qilish mumkin, lekin pulni shikastlash noto‘g‘ri.

Sevgi bor joyda aql ham bo‘lishi kerak. Bu nafaqat cho‘ntakka, balki qonunga ham hurmatdir.

O‘xshash yangiliklar

Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyev viloyatidagi ko‘p qavatli uy hovlisida sodir bo‘lgan portlashda mahalliy fuqaro mo‘jiza tufayli omon qoldi. Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda
DunyoBugun, 12:31
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59