ENRU

Afrika Kubogi Senegal qamoqxonasida namoyish qilindi

Dunyo
20
Afrika Kubogi Senegal qamoqxonasida namoyish qilindi
Afrika Millatlari Kubogi sovrini Senegal bo‘ylab o‘z sayohatini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir faqat oddiy namoyish emas, balki alohida maqsad va mazmunga ega bo‘lgan turne sifatida tashkil etilmoqda. Kubokning navbatdagi manzili ko‘pchilikni hayratga soldi: u Dakar shahridagi eng yirik va gavjum jazo muassasasi – Rebeyss qamoqxonasiga olib borildi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu tashrifdan asosiy maqsad sovrinni har bir inson uchun yaqin qilish, milliy g‘urur va birdamlik tuyg‘usini keng ommaga yetkazishdir. Shu sababli mahbuslarga ham qit’adagi eng nufuzli futbol sovrinini ko‘rish va hatto unga qo‘l tekkizish imkoniyati berildi.

Ushbu tashabbus Senegal futbol federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangani aytilmoqda. Biroq bu qaror jamiyatda turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qamoqxonadan olingan videolar va suratlar keng tarqaldi. Ular orasida mahbuslarning kubokka qo‘l cho‘zayotgani yoki panjara ortidan uni tomosha qilayotgani aks etgan kadrlar mavjud.

Jamiyatda bu holatni ayrimlar insonparvarlik namoyishi sifatida qabul qilsa, boshqalar buni tanqid qilib, “bunday sovrinni qamoqxonaga olib borish qanchalik to‘g‘ri?” degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda. Ma’lumki, Senegal terma jamoasi yanvar oyida Afrika Millatlari Kubogining finalida Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Shundan so‘ng, kubok butun mamlakat bo‘ylab olib borilib, milliy iftixor va birlashuv ramzi sifatida namoyish qilinmoqda. Shubhasiz, bu kubok Senegal uchun oddiy trofey emas, balki jamoani va jamiyatni birlashtirishga qaratilgan katta ramzdir.

Biroq uni qayerda va qanday sharoitda namoyish qilish masalasi hali hamon bahsli bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32