Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Keniyada Valentin kuni oldidan pulni shikastlash taqiqlandi

Dunyo
13
Keniyada Valentin kuni oldidan pulni shikastlash taqiqlandi
Keniyada Valentin kuni arafasida naqd puldan guldasta tayyorlash amaliyoti bo‘yicha qat’iy ogohlantirish e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Markaziy banki 14-fevral munosabati bilan chiqargan bayonotida banknotalardan guldasta yoki sovg‘a bezaklari sifatida foydalanish qonunga zid ekanini eslatdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Keniyada so‘nggi vaqtlarda shilling kupyuralarini guldastalarga bezak sifatida ishlatish holatlari ko‘paygan. Bu esa milliy valyutaning yaxlitligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Chunki banknotalarni yelim, shtapel yoki ignalar yordamida biriktirish ularni shikastlaydi va muomala uchun yaroqsiz holga keltiradi. Natijada bunday kupyuralarni qayta ishlash jarayonida rad etish talab etiladi yoki ularni muddatidan oldin muomaladan chiqarish va almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Shu sababli, Markaziy bank naqd pulni sovg‘a sifatida taqdim etishga qarshi emasligini bildirgan holda, banknotalarni o‘zgartirish, buzish yoki shikastlashdan tiyilishni tavsiya qildi. Keniya Jinoyat kodeksining 367-moddasiga ko‘ra, valyuta banknotalarini shikastlash, uning yaxlitligini buzish yoki yaroqsiz holga keltirish taqiqlangan.

Ushbu qoidani buzgan shaxslar 3 oygacha qamoq jazosi, 2000 shilling (taxminan 15,5 AQSH dollari) miqdorida jarima yoki har ikkala jazo bilan jazolanishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026