ENRU

Qirg‘izistonda Tashiyev iste’fosi siyosiy munozaralarga sabab bo‘ldi

Dunyo
43
Qirg‘izistonda Tashiyev iste’fosi siyosiy munozaralarga sabab bo‘ldi
Qirg‘izistonda siyosiy vaziyat yana o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev kutilmaganda lavozimidan ozod etildi. Bu qaror turli taxminlar va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Siyosatshunoslar va tahlilchilar ushbu qarorning ortida qanday sabablari borligini turlicha izohlamoqda. Tahlilchi Temur Umarovning fikricha, Tashiyev iste’foga oid ochiq bayonot bermagani vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

U Tashiyevning Germaniyada davolanayotganini hisobga olib, voqealar qanday rivojlanishini hozircha aniq aytish qiyinligini bildirdi. Shuningdek, Tashiyevning ta’siri ko‘proq Sadir Japarov bilan yaqin munosabatlari va apparat kuchiga asoslanganini ta’kidladi.

Bu asoslar yo‘qolganda, uning siyosiy ta’siri ham zaiflashishi tabiiy. Shu bilan birga, iste’fodan keyin katta o‘zgarishlar kuzatilmagani diqqatga sazovor.

Bishkekda MXDQ rahbari qamalgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi, prezident esa Tashiyev bilan ixtilof borligini inkor qildi. Bu holatni tahlilchilar masalani yumshoq yo‘l bilan hal qilishga urinish sifatida baholamoqda.

Tashiyevga jamoatchilik e’tiboridan chetda, sokinroq faoliyat olib borish taklif qilinishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatni inobatga olsak, bunday qaror unga qulayroq bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, tahlilchilar fikricha, Qirg‘izistonda “yangi Tashiyev” paydo bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Chunki hozirda hokimiyatni yagona markazdan boshqarish strategiyasi ustuvorlik qilmoqda.

Japarov esa tizimni o‘z nazorati ostida ushlab turishga intilmoqda. Xulosa qilish mumkinki, siyosiy o‘zgarishlarning davomiyligi kutilmoqda, lekin asosiy yo‘nalish aniq: tizim kuchli markazlashuvga intilmoqda.

Siyosatda esa kim kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘z qoidalarini o‘rnatadi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson Zelenskiyning Trampga qilgan tanqidiga keskin munosabat bildirdi
Mayk Tayson Zelenskiyning Trampga qilgan tanqidiga keskin munosabat bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trampning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning Vashington manziliga bildirgan keskin tanqidi kutilmagan
DunyoBugun, 02:20
Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Kiyevda rahbar almashishi zarurligini aytdi
Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Kiyevda rahbar almashishi zarurligini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish maqsadida Kiyev ma’muriyatida rahbar almashishi zarurligini ta’kidladi. Oq uy rahbarining
DunyoBugun, 01:41
Kolumbiyada ayol dunyoda kam uchraydigan to'rt egizakni kutmoqda
Kolumbiyada ayol dunyoda kam uchraydigan to'rt egizakni kutmoqda
Kolumbiyada 38 yoshli Mariya Tapia bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar bir xil o‘g‘il farzandni dunyoga keltirish arafasida turibdi. Tibbiyot mutaxassislarining
DunyoBugun, 01:28
Zelenskiyning qayerda ekani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda
Zelenskiyning qayerda ekani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi hokimiyatni almashtirish va Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar saylash zarurligi haqidagi bayonotidan so'ng,
DunyoBugun, 00:31
Jibuti qirg‘oqlarida kema halokati oqibatida yuzdan ortiq muhojir vafot etdi
Jibuti qirg‘oqlarida kema halokati oqibatida yuzdan ortiq muhojir vafot etdi
Sharqiy Afrikaning Jibuti davlati qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan kema halokatga uchrab, suvga g‘arq bo‘lishi oqibatida kamida 109 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 00:20
Zelenskiy Tramp taklif qilgan energetik sulh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
Zelenskiy Tramp taklif qilgan energetik sulh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan energetik sulh tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
DunyoKecha, 23:58