Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Turkiyada o‘zbekistonliklar firibgarlik qurboni bo‘lmoqda

Dunyo
16
Turkiyada o‘zbekistonliklar firibgarlik qurboni bo‘lmoqda
Turkiyada yashayotgan yoki mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar ko‘pincha firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar qurboniga aylanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsuli Sherzod Abdunazarov ma’lumot berdi. Bosh konsulning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi faoliyat hududiga Istanbul shahri bilan bir qatorda Aydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli kabi viloyatlar hamda Bolgariya va Ruminiya davlatlari kiradi.

Diplomatning ta’kidlashicha, ushbu hududlarda o‘zbekistonliklar tomonidan jinoyat sodir etish ko‘rsatkichi boshqa millat vakillariga nisbatan ancha past. Shu bilan birga, Turkiyada o‘zbekistonliklar sonining ko‘pligi va 90 kunlik vizasiz rejim mavjudligi sababli, ba’zida O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, Turkiyaga qochib kelgan shaxslar ham uchrab turadi.

Bundan tashqari, rasmiy ruxsatnomasiz yashayotgan fuqarolar bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda. Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchilar orasida firibgarlik va odam savdosi eng ko‘p uchraydigan jinoyatlar hisoblanadi.

Ayniqsa, odam savdosi qurboni bo‘layotganlar orasida AQSH va Yevropa davlatlariga noqonuniy yo‘llar orqali chiqib ketishga urinish holatlari ko‘p uchrayotgani qayd etilgan. Shuningdek, Turkiya orqali Suriya hududiga o‘tishga urinishlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar so‘nggi paytlarda sezilarli darajada kamaygan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026