ENRU

Qoraqalpog‘iston sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi

Dunyo
17
Qoraqalpog‘iston sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Qallibek Kamolov vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qallibek Kamolov 1926 yil 18 martda tug‘ilgan. U 1947 yilda Qoraqalpog‘iston o‘qituvchilar institutini tamomlagan.

O‘qishni tugatguniga qadar o‘qituvchilik qilgan va keyinchalik komsomol tizimida faoliyat boshlagan. Mehnat faoliyati davomida Qallibek Kamolov turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

U Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, kommunal xo‘jalik vaziri, shuningdek, respublika avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1958–1959 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasi kotibi, 1959–1963 yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi bo‘lgan.

1963–1984 yillarda esa O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi sifatida ishlagan. 1984–1986 yillarda Qallibek Kamolov Sovet Ittifoqining Ruminiyaning Konstansa shahridagi bosh konsuli lavozimida faoliyat yuritgan.

1987 yilda u “paxta ishi” doirasida qo‘lga olingan. 1989 yil oxirida unga 15 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda boshqa davlat mukofotlaridan mahrum qilingan.

Keyinchalik, boshqa sudlangan shaxslar qatorida u ham afv etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga bordi
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyurdi. Bu
DunyoBugun, 03:43
AQSH harbiy samolyotida suvosti kemalari yo'q qilingani haqida belgilar paydo bo'ldi
AQSH harbiy samolyotida suvosti kemalari yo'q qilingani haqida belgilar paydo bo'ldi
Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy aviatsiyasi atrofida xalqaro ekspertlar va mudofaa sohasi tahlilchilarining qizg'in bahslariga sabab bo'lgan fotosurat tarqaldi.
DunyoBugun, 03:31
Bishkekda Almazbek Atamboyevning o‘g‘li to‘rt yilga qamaldi
Bishkekda Almazbek Atamboyevning o‘g‘li to‘rt yilga qamaldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodir Atamboyev hamda uning siyosiy maslakdoshlariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:32
Istanbulda yo‘lovchi kemasi tarixiy binoga borib urildi
Istanbulda yo‘lovchi kemasi tarixiy binoga borib urildi
Turkiyaning Istanbul shahrida, Bosfor bo‘g‘ozi qirg‘og‘ida joylashgan qariyb ikki asrlik tarixiy bino yo‘lovchi kemasi bilan to‘qnashuv natijasida jiddiy talofat
DunyoBugun, 02:23
Sakkiz oyda o‘n uch mingdan ortiq o‘zbekistonlik Gruziyaga bordi
Sakkiz oyda o‘n uch mingdan ortiq o‘zbekistonlik Gruziyaga bordi
O‘zbekistonlik sayohatchilar orasida Kavkaz mintaqasiga, xususan, Gruziyaga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi
DunyoBugun, 01:49
Eron uzoq muddatli urush uchun qurol ishlab chiqarishni oshirdi
Eron uzoq muddatli urush uchun qurol ishlab chiqarishni oshirdi
Eron mudofaa sanoati uzoq vaqtga mo‘ljallangan harbiy harakatlar ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yetarli qurol-yarog‘ ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanini ma’lum qildi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:24