ENRU

Rossiyada o‘zbekistonlik shaxs 20 yilga qamaldi

Dunyo
10
Rossiyada o‘zbekistonlik shaxs 20 yilga qamaldi
Rossiyada terrorchilik faoliyatida gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarosi O‘tkirov Javohir Davronovich Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalariga muvofiq jinoyat sodir etishda aybdor deb topildi. Sud materiallariga ko‘ra, u 2023 yil yanvar oyida Rossiyada taqiqlangan "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti manfaatlari yo‘lida harakat qilishga tayyorligini videomurojaat orqali bildirgan.

Shundan so‘ng, tashkilot ko‘rsatmalariga binoan ehtimoliy hujum uchun joy tanlash, razvedka ishlarini amalga oshirish va portlovchi qurilma tayyorlashga doir vazifalarni o‘z zimmasiga olgani aytiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2023 yil sentyabr oyida Rossiyaga borib, Stavropol shahridagi ayrim obyektlarga oid foto va video materiallar tayyorlab, ularni tashkilot vakillariga yuborgan.

Dekabr oyida esa portlovchi qurilma uchun kerakli qismlar xarid qilgani qayd etilgan. O‘tkirov 2023 yil 18 dekabr kuni qo‘lga olingan.

Sud hukmiga ko‘ra, u 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoning dastlabki 5 yili qamoqda, qolgan qismi esa qat’iy tartibli koloniyada o‘taladi.

Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima ham belgilangan. Hozircha hukm qonuniy kuchga kirmagan va apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson Zelenskiyning Trampga qilgan tanqidiga keskin munosabat bildirdi
Mayk Tayson Zelenskiyning Trampga qilgan tanqidiga keskin munosabat bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trampning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning Vashington manziliga bildirgan keskin tanqidi kutilmagan
DunyoBugun, 02:20
Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Kiyevda rahbar almashishi zarurligini aytdi
Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Kiyevda rahbar almashishi zarurligini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish maqsadida Kiyev ma’muriyatida rahbar almashishi zarurligini ta’kidladi. Oq uy rahbarining
DunyoBugun, 01:41
Kolumbiyada ayol dunyoda kam uchraydigan to'rt egizakni kutmoqda
Kolumbiyada ayol dunyoda kam uchraydigan to'rt egizakni kutmoqda
Kolumbiyada 38 yoshli Mariya Tapia bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar bir xil o‘g‘il farzandni dunyoga keltirish arafasida turibdi. Tibbiyot mutaxassislarining
DunyoBugun, 01:28
Zelenskiyning qayerda ekani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda
Zelenskiyning qayerda ekani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi hokimiyatni almashtirish va Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar saylash zarurligi haqidagi bayonotidan so'ng,
DunyoBugun, 00:31
Jibuti qirg‘oqlarida kema halokati oqibatida yuzdan ortiq muhojir vafot etdi
Jibuti qirg‘oqlarida kema halokati oqibatida yuzdan ortiq muhojir vafot etdi
Sharqiy Afrikaning Jibuti davlati qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan kema halokatga uchrab, suvga g‘arq bo‘lishi oqibatida kamida 109 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 00:20
Zelenskiy Tramp taklif qilgan energetik sulh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
Zelenskiy Tramp taklif qilgan energetik sulh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan energetik sulh tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
DunyoKecha, 23:58