Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Janubiy Koreyada demografik inqiroz bo‘yicha bahslar kuchaydi

Dunyo
19
Janubiy Koreyada demografik inqiroz bo‘yicha bahslar kuchaydi
Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasini oshirish masalasi yana jamoatchilikda katta bahslarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BBC xabariga ko‘ra, Jindo okrugi rahbari Kim Heye-soo bir yig‘ilishda “Vetnam yoki Shri-Lankadan yosh ayollarni olib kelish va ularni qishloq hududlaridagi yosh erkaklarga turmushga uzatish” haqida gapirgan. Ushbu fikr televideniye orqali tarqalib, jamoatchilikda keskin norozilikka sabab bo‘ldi.

Vetnam hukumati bu borada diplomatik norozilik bildirdi. Janubiy Koreya ichida esa ushbu masala bir necha kun davomida keng muhokama qilindi.

Natijada, Kim hukmron Demokratik partiya safidan chiqarildi. Keyinchalik Kim o‘z so‘zlari uchun uzr so‘rab, demografik muammoga e’tibor qaratmoqchi bo‘lganini ta’kidladi, biroq ishlatgan iboralari noo‘rin ekanini tan oldi.

Janubiy Jeolla provinsiyasi ham rasmiy kechirim so‘radi va bu izoh vetnamliklar hamda ayollarga og‘riq yetkazganini tan oldi. Vetnam elchixonasi ushbu bayonotni migrant ayollar va ozchiliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabat sifatida baholadi.

Shri-Lanka rasmiylari esa hozircha bu borada izoh bermadi. Mazkur yig‘ilish aslida aholisi kamayib borayotgan qishloq hududini yaqin shahar bilan birlashtirish masalasini muhokama qilish uchun chaqirilgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, agar vaziyat o‘zgarmasa, 50 million aholiga ega Janubiy Koreya aholisi kelgusi 60 yil ichida yarmiga qisqarishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026