Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Qozog‘iston neftining narxi rekord darajada pasaydi

Dunyo
27
Qozog‘iston neftining narxi rekord darajada pasaydi
Qozog‘istonning Kaspiy quvur konsorsiumi (KQK) orqali eksport qilinayotgan CPC Blend markasidagi neftning narxi jahon bozorlarida bir barrel uchun 5 dollargacha chegirma bilan sotilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich 2022 yil oxiridan beri kuzatilgan eng past daraja sifatida qayd etilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, narxlarning pasayishi CPC Blend neftiga bo‘lgan qiziqishni oshirgan va qisqa vaqt ichida talab tiklangan.

Shu sababli, past narxlar uzoq muddat davom etmagan. Mutaxassislar bu holatning asosiy sababini Qozog‘iston nefti yirik xaridorlari orasida yetkazib berishdagi uzilishlardan kelib chiqqan xavotir bilan izohlashmoqda.

Natijada ayrim xaridorlar vaqtincha boshqa neft markalariga o‘tib ketgan. So‘nggi oylarda KQK orqali neft yetkazib berish bir necha marotaba to‘xtatilgan.

Bu uzilishlar Ukraina dronlari hujumlari, noqulay ob-havo sharoiti, yuklash terminalidagi ta’mirlash ishlari, shuningdek, Tengiz konidagi generator yong‘ini oqibatida ishlab chiqarish hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan. «Reuters» agentligi xabariga ko‘ra, fevral oyida Tengiz konidan neft eksporti rejalashtirilgan hajmning atigi 35 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.

Yanvar oyida esa umumiy eksport hajmi rejaning taxminan yarmiga teng bo‘lgan. Yanvar oyida Kashagan konida qazib olingan neftning bir qismi ilk bor ichki bozorga yo‘naltirildi.

Odatda Qozog‘iston neftining 80 foizga yaqini KQK orqali eksport qilinadi. Quvur orqali Tengiz, Kashagan va Karachaganak konlaridan xomashyo yetkazib beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29