Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Kanadada maktabga hujum: 9 o‘lik, 27 jarohat

Dunyo
19
Kanadada maktabga hujum: 9 o‘lik, 27 jarohat
10-fevral kuni Kanadada maktabda sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi esa turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisadan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov ishlari olib borildi. Mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni 18 yoshli Jesse Van Rotselaar amalga oshirgan.

Rasmiylar uning bir necha yil avval jinsini o‘zgartirgani va ruhiy salomatligida muammolar bo‘lgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bu sababli ilgari uning uyiga politsiya chaqirilgani ham qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Jesse to‘rt yil avval maktabni tark etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u hujumdan oldin uyida onasi va ukasining hayotiga zomin bo‘lgan.

Maktabdagi hujumdan keyin esa u o‘z joniga qasd qilgan. Hozirda tergov organlari hodisaning barcha sabab va omillarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Mutasaddilar jarohat olganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilishdi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026