Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Zaharli qisqichbaqa bloger hayotiga zomin bo‘ldi

Dunyo
51
Zaharli qisqichbaqa bloger hayotiga zomin bo‘ldi
Filippinda ijtimoiy tarmoq uchun kontent yaratish istagi og‘ir fojia bilan yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

51 yoshli oziq-ovqat blogeri Emma Amit zaharli qisqichbaqa iste’mol qilgani sababli ikki kun ichida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda "New York Post" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bloger do‘stlari bilan Palavan orolidagi Puerto Prinsesa shahri yaqinida dengiz mahsulotlarini yig‘ib, ularni tatib ko‘rib videoga olgan. U qisqichbaqa, kokos sutida pishirilgan dengiz shilliqqurti va boshqa dengiz jonzotlarini iste’mol qilgan.

Ammo ertasi kuni ayol o‘zini yomon his qila boshlagan. Zaharli toksinlar ta’siri kuchayib, uni shifoxonaga olib ketishgan.

Yo‘l-yo‘lakay tutqanoq belgilari kuzatilgan, lablari ko‘kimtir tusga kirgan. Shifokorlar barcha choralarni qo‘llaganiga qaramay, ayolni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

U zaharli qisqichbaqa iste’mol qilganidan ikki kun o‘tib vafot etdi. Hodisadan so‘ng mahalliy qishloq rahbari Laddi Gemang marhumaning uyiga tekshiruv uchun vakillarni yuborgan.

U yerda chiqindilar orasidan yorqin rangli qisqichbaqaning po‘stloqlari topilgan. Mutaxassislarning fikricha, bu turdagi qisqichbaqalarda kuchli zahar — saksitoksin va tetrodotoksin bo‘lishi mumkin.

Bu moddalar inson hayotiga xavf solib, qisqa vaqt ichida o‘limga olib kelishi mumkin. Mahalliy rasmiylar yana bir bor aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Noma’lum yoki zaharli dengiz jonzotlarini iste’mol qilish hayot uchun o‘ta xavfli ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, kontent yaratish maqsadida xavfli tajribalarga berilish qaytib kelmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026