Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Xitoy kosmonavtlari orbitada birinchi bor kislorod va etilen ishlab chiqarishdi

Dunyo
243

Xitoy kosmonavtlari orbitada birinchi bor kislorod va etilen ishlab chiqarishdi

Etilen raketaning yoqilg‘isini ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin.

“Shenchjou-19” missiyasi doirasidagi kosmonavtlar “Tyangun” orbital stansiyasida sun’iy fotosintez bo‘yicha tarixiy eksperimentni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Eksperiment natijasida kislorod va etilen olindi. Etilen raketaning yoqilg‘isi ishlab chiqarishda foydalaniladigan muhim modda hisoblanadi. Bu yutuq Xitoyning uzoq muddatli kosmos tadqiqotlariga, jumladan, 2030 yilga mo‘ljallangan Oyga qo‘nish dasturiga yaqinlashuvini ta’minlaydi.

Kosmonavtlar uglekislota va suvni kislorodga aylantirish uchun yarimo‘tkazgichli katalizatorlardan foydalanishdi. Bu texnologiya oddiy harorat va bosim sharoitida samarali ishlaydi va energiya sarfini sezilarli darajada qisqartiradi.

Xalqaro kosmik stansiyadagi an’anaviy elektroliz texnologiyalariga nisbatan Xitoyning yangi ishlanmasi o‘simliklar fotosintezini imitatsiya qiluvchi kimyoviy va fizik usullarga asoslanadi, bu uzoq missiyalar uchun juda samarali yechim sanaladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026