ENRU

Italiyada erkak 120 ming yevrolik oltinni axlatga tashladi

Dunyo
24
Italiyada erkak 120 ming yevrolik oltinni axlatga tashladi
Italiyada qiziq bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Torre Lapillo shahrida yashovchi 57 yoshli erkak o‘zining yillar davomida yig‘ib kelgan boyligini tasodifan yo‘qotib qo‘yayozdi. U 20 ta oltin quymani chiqindi bilan birga tashlab yuborganini keyinroq anglab yetgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qiymati taxminan 120 ming yevro bo‘lgan oltin quymalar tunuka qutida saqlangan. Erkak xonadonidagi chiqindilarni tashlayotganida, bilmasdan ushbu qutini ham axlatga qo‘shib yuborgan.

Eng achinarlisi, u bu xatoni faqat ertasiga tushunib yetgan. Hodisa haqida xabar topgan erkak darhol politsiyaga murojaat qilgan.

Dastlab huquq-tartibot xodimlari bu voqeaga ishonmagan. Ammo kuzatuv kameralarining yozuvlarini tekshirib ko‘rganlaridan so‘ng, voqeaning haqiqat ekanligi tasdiqlangan.

Tekshiruv davomida chiqindilar allaqachon Ugento shahridagi chiqindixonaga olib ketilgani aniqlangan. Politsiya u yerda qidiruv ishlarini olib borib, oltin quymalar solingan qutini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu bilan birga, bunday voqealar boshqa joylarda ham uchrab turadi. Masalan, yaqinda Tailandda shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergan.

2025 yil noyabr oyida bir ayol 62 ming dollarlik uchta oltin quymani chiqindiga tashlab yuborgan. Buning sababi ayol demensiyadan aziyat chekayotgani bilan izohlangan.

Ayolning o‘g‘li quymalarni topib berganlarga mukofot va’da qilgan. Bu kabi voqealar insonlarga o‘z mulkiga nisbatan hushyor bo‘lishni yana bir bor eslatadi.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13