Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Portugaliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoq cheklovlari ma’qullandi

Dunyo
23
Portugaliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoq cheklovlari ma’qullandi
Portugaliya parlamenti bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha 13–16 yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ota-onaning aniq va tasdiqlangan roziligini talab qiladi. 13 yoshdan kichiklar uchun esa mavjud cheklovlar kuchaytirilib, nazorat yanada qat’iylashtiriladi.

Hujjat yakuniy ovoz berish jarayonida o‘zgarishi mumkin. Mazkur tashabbus Portugaliya Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi kiberbulling, zararli kontent va yomon niyatli shaxslardan bolalarni himoya qilishdir.

Yoshni tekshirish va ota-onaning roziligini tasdiqlash uchun Digital Mobile Key tizimidan foydalanish rejalashtirilgan. Agar kompaniyalar bu talablarni bajarmasa, ular global daromadining 2 foizigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Cheklovlar Instagram, Facebook va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarga tegishli bo‘ladi. Biroq, WhatsApp platformasi istisno qilingan, chunki ko‘plab ota-onalar ushbu dasturdan farzandlari bilan muloqot qilish uchun foydalanadi.

Shu bilan birga, Portugaliya Sotsialistik partiyasi platformalar 13–16 yoshdagi foydalanuvchilarni zo‘ravonlik, erta jinsiy kontent, qaramlikka olib keladigan o‘yinlar va manipulyatsiya qilingan materiallar ta’siridan himoya qilish mexanizmlarini joriy etishi kerakligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026