ENRU

Osakada yigit uch o‘smirga pichoq bilan hujum qildi

Dunyo
16
Osakada yigit uch o‘smirga pichoq bilan hujum qildi
Yaponiyaning Osaka shahrida 20 yoshli yigit uch nafar o‘smirga hujum qilib, ularga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jabrlanuvchilardan biri og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi. Bu haqda Kyodo News nashri mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Hodisa shahar markazidagi mashhur sayyohlik hududi — Dotonbori tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, hujum qilgan shaxs va o‘smirlar bir-birlarini ilgari tanigan.

Dastlab ular o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan, keyinchalik mojaro qo‘l jangiga aylanib, gumonlanuvchi pichoq ishlatgan. Natijada uch nafar o‘smir jarohatlangan.

Jabrlanganlar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq ulardan biri shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, hayotdan ko‘z yumgan. Voqeani sodir etgan gumonlanuvchi hodisadan keyin qochishga uringan, ammo u Nara prefekturasida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Politsiya hodisaning sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13