ENRU

Navalniyning o‘limi epibatidin bilan bog‘liqmi?

Dunyo
23
Navalniyning o‘limi epibatidin bilan bog‘liqmi?
Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning oila a’zolari uning vafotidan so‘ng xorijga olib chiqilgan biologik materiallarda epibatidin moddasi aniqlanganini ma’lum qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu moddalarni bir necha mustaqil laboratoriyalar tahlil qilib, bir xil xulosaga kelishgan. Bu haqda “The Insider” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyaning laboratoriyalari Navalniyning biologik materiallarini tekshirib, mazkur masala bo‘yicha Myunxen xavfsizlik konferensiyasida qo‘shma bayonot berishni rejalashtirmoqda. Epibatidin — kuchli neyrotoksin bo‘lib, dastlab Janubiy Amerikadagi daraxt qurbaqasi turidan ajratib olingan.

Keyinchalik bu modda sun’iy yo‘l bilan ham sintez qilingan. Epibatidin asab tizimidagi retseptorlarga ta’sir qilib, tanada uvishish, falajlik va nafas olishning to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

“The Insider” nashriga ko‘ra, Navalniyda kuzatilgan alomatlar aynan epibatidin ta’siriga mos kelgan. Uni davolagan reanimatolog shifokor Aleksandr Polupan ham zahar ta’sirining ochiq manbalardagi belgilar bilan mosligini tasdiqlagan.

2025 yil sentyabr oyida Yuliya Navalnaya, erining o‘limidan so‘ng, uning jamoasi tomonidan yig‘ilgan biologik material namunalarini xorijiy laboratoriyalarga yuborganini ma’lum qildi. Mustaqil laboratoriyalar ushbu namunalarda zaharlanish ehtimolini tasdiqlashgan.

Yuliya Navalnaya o‘z bayonotida erining zaharlangani bo‘yicha aniq dalillar mavjudligini ta’kidlab, aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44