Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Londonda Ramazon sharafiga ko‘cha chiroyli yoritildi

Dunyo
9
Londonda Ramazon sharafiga ko‘cha chiroyli yoritildi
Angliya poytaxti Londondagi mashhur Coventry Street bu yil Ramazon oyi munosabati bilan bayramona yoritildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda London meri Sodiq Xon o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. Ramazon oyi sharafiga ko‘chani yoritish ishlari “Aziz” jamg‘armasi va London munitsipaliteti hamkorligida amalga oshirildi.

Mazkur ko‘cha Piccadilly Circusdan Leicester Squaregacha cho‘zilgan bo‘lib, kechqurun yanada chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bu yilgi bezaklar geometrik yorug‘lik naqshlari asosida tayyorlanib, piyodalar yo‘lagi ustida “Ramazon muborak!” yozuvi aks ettirilgan yorug‘lik installyatsiyasi o‘rnatildi.

Buning uchun 31 mingdan ortiq LED chiroqlar ishlatilgani qayd etildi. Yoritish ishlari har kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan 01:00 gacha davom etadi va 19 martgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Bu tashabbus nafaqat musulmonlar, balki Londonning barcha aholisi va mehmonlari uchun Ramazon kayfiyatini his qilish imkonini yaratmoqda. Yoritish marosimida London meri Sodiq Xon jamg‘arma vakili bilan birga chiroqlarni ramziy tarzda yoqdi.

Merning so‘zlariga ko‘ra, London G‘arb dunyosida Ramazon oyi sharafiga markaziy ko‘chasi maxsus bezatiladigan ilk shaharlar qatoriga kiradi. U Ramazon oyini turli millat va din vakillarini birlashtiradigan, o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlaydigan davr sifatida ta’kidladi.

2023 yilda boshlangan ushbu tashabbus bugun Londonning muhim Ramazon an’analaridan biriga aylangan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan juda yaxshi saqlangan skelet avval noma’lum bo‘lgan Norellraptor barsboldi nomli dinozavr turiga tegishli ekani aniqlandi. Uning
DunyoBugun, 04:31
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiyaning qator kichik shaharlarida ko‘chalarni kesib o‘tuvchi ochiq suv kanallarida rang-barang manzarali baliqlar, xususan, koi karplari suzib yurganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 04:16
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul jinsiy harakatlar sodir etganlikda gumonlanib, politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:41
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Yaqin Sharq mintaqasidagi strategik dengiz yo‘llarida vaziyat yana keskinlashdi. Joriy yilning 3-oktabr kuni Ummon qirg‘oqlari yaqinida xom neft tashiydigan yirik
DunyoBugun, 03:20
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orban atrofida yirik siyosiy va jinoiy mojaro avj olmoqda. Nufuzli Financial Times nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq
DunyoBugun, 02:40
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Sobiq Ittifoq va Rossiya televideniyesining 1990-yillardagi eng mashhur siymolaridan biri, taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida vafot etdi. U
DunyoBugun, 02:11