Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Shanxayda yer o‘pirilishi: jabrlanganlar yo‘q

Dunyo
27
Shanxayda yer o‘pirilishi: jabrlanganlar yo‘q
Xitoyning Shanxay shahrida keng ko‘lamli yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa natijasida taxminan 10–20 metr kenglikdagi hududda yer cho‘kishi kuzatildi. Bu jarayon bir necha soniya ichida sodir bo‘lib, yo‘l qismlari, qurilish materiallari va vaqtinchalik inshootlar chuqurlikka qulab tushgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hududda bo‘lgan haydovchilar va piyodalar o‘z vaqtida xavfsiz joyga ko‘chishga ulgurgan.

Shuningdek, qurilish maydonchasida ishlayotgan xodimlar favqulodda tartibda evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer o‘pirilishiga metro qurilishi davomida olib borilgan ishlar va avvalroq aniqlangan suv sizib chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganmoqda va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026