Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

BAAda Ramazonda ish vaqti 2 soatga qisqaradi

Dunyo
25
BAAda Ramazonda ish vaqti 2 soatga qisqaradi
2026 yilgi Ramazon oyi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarida xususiy sektorda ishlovchi xodimlarning ish vaqti kuniga 2 soatga qisqartiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakatning Mehnat resurslari vazirligi 12 fevral kuni rasmiy bayonot berdi. Odatda 8–9 soat ishlaydigan xodimlar Ramazon oyida 6–7 soatlik ish rejimida faoliyat olib boradi.

Belgilangan me’yordan ortiq ishlangan soatlar esa qo‘shimcha ish sifatida hisoblanib, alohida tartibda haq to‘lanadi. Shuningdek, korxonalarga ish jadvalini moslashuvchan qilib belgilashga ruxsat berilgan.

Masalan, masofadan ishlashni joriy etish yoki ish vaqtini qonunchilik doirasida o‘zgartirish mumkin. Davlat muassasalarida ham yengillashtirilgan ish tartibi joriy etiladi.

Bunga ko‘ra, dushanbadan payshanbagacha ish vaqti soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi. Biroq uzluksiz ish jarayoni talab etiladigan sohalar mazkur tartibdan mustasno hisoblanadi.

Mazkur qaror fuqarolarga oilasi, ibodat va ruhiy mashg‘ulotlar uchun ko‘proq vaqt ajratish imkonini yaratish maqsadida qabul qilingan. Astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilda Ramazon oyi BAA va boshqa musulmon davlatlarida 19 fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026