ENRU

Shvetsiya yevroga o‘tishni yana muhokama qilmoqda

Dunyo
14
Shvetsiya yevroga o‘tishni yana muhokama qilmoqda
Shvetsiyada milliy valyuta – kronadan voz kechib, yevroga o‘tish masalasi yana muhokama qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu mavzu parlament darajasida ham jiddiy tus olgan. Liberallar partiyasi tashabbusi bilan yevroga bag‘ishlangan maxsus muhokama o‘tkazilishi belgilangan.

Deputat Sesiliya Rennning fikricha, dunyoda yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgan bir paytda kichik iqtisodiyotlar uchun xavf-xatarlar ortmoqda. Shu sababli, Shvetsiyaning yevroga o‘tishi Yevropa davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, valyuta masalalari bo‘yicha umumiy qarorlar qabul qilishda ta’sirini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Deputatning ta’kidlashicha, Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lib, mudofaa sohasida Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirgan. Ammo valyuta masalasida alohida yo‘lda bo‘lish mamlakatni umumiy tizimdan chetda qoldirishi mumkin.

Yevroga o‘tish esa savdo hajmlarini oshirish va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini ham yaratadi. Milliy valyuta – kronaning barqarorligi masalasi ham muhokama markazida turibdi.

So‘nggi o‘n yillikda krona qiymatining sezilarli darajada pasaygani, global iqtisodiy o‘zgarishlar va Boltiqbo‘yi mintaqasidagi beqarorlik uning kursiga salbiy ta’sir qilayotgani qayd etilmoqda. Shvetsiyada yevroga o‘tish mavzusi birinchi marta ko‘tarilayotgani yo‘q.

2003 yilda o‘tkazilgan referendumda saylovchilar yagona Yevropa valyutasiga qarshi ovoz bergan edi. O‘sha paytda “yo‘q” natijasi ustun chiqdi.

Bugungi kunda esa geosiyosat, xavfsizlik, sarmoya va savdo masalalari bir-biriga chambarchas bog‘langan. Shu sababli Shvetsiyada yevroga bo‘lgan munosabat qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Bu hali yakuniy qaror emas, lekin muhokamalarning boshlanishi kelajakda katta o‘zgarishlar uchun asos bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44