Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Zelenskiy: Rossiya bilan muzokaralarda pessimistikman

Dunyo
15
Zelenskiy: Rossiya bilan muzokaralarda pessimistikman
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Jenevada Rossiya bilan muzokaralar boshlanishidan oldin AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner unga Moskvaning janglarni to‘xtatishga tayyorligi haqida ma’lumot berganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu haqda “Axios” nashriga bergan intervyusida so‘z yuritgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH vakillari ushbu ma’lumot asosida uch tomonlama uchrashuvda Ukraina delegatsiyasi ishini muvofiqlashtirishni taklif qilishgan.

Biroq Prezident bu borada pessimist kayfiyatda ekanligini ta’kidlab, o‘zini bunday fikrga ishontirishga urinmasliklarini so‘ragan. Shuningdek, Zelenskiy Donald Trampning Ukraina muayyan yon berishlarga borishi kerakligi haqidagi bayonotiga izoh berib, buni qaror emas, balki muzokaralar uchun strategik yondashuv sifatida qabul qilayotganini bildirgan.

Prezidentning fikricha, Donbassdan bir tomonlama qo‘shinlarni chiqarish yoki hududlarni Rossiyaga berishni o‘z ichiga oluvchi kelishuv ukrainaliklar tomonidan qabul qilinmaydi. U bunday qarorni xalq kechirmasligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, mavjud front chizig‘iga asoslangan kelishuv referendumda qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligini qayd etgan. Zelenskiy hududiy masalalarni hal qilishning eng samarali yo‘li sifatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni ko‘rmoqda.

U jamoasiga Jenevada yetakchilar darajasida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shu bilan birga, Prezident uchrashuvni Moskva yoki Minskda o‘tkazish taklifini rad etgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026