Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Kim Chen In yangi harbiy texnikani shaxsan sinovdan o‘tkazdi

Dunyo
16
Kim Chen In yangi harbiy texnikani shaxsan sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreyada navbatdagi harbiy texnologiyalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat rahbari Kim Chen In yangi ishlab chiqarilgan yirik kalibrli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimiga ega jangovar transport vositasini shaxsan boshqarib ko‘rdi. Bu tadbir oddiy sinov emas, balki ichki auditoriya va tashqi dunyoga kuch namoyishi sifatida ko‘rilmoqda.

Koreya Markaziy Telegraf Agentligining xabariga ko‘ra, ushbu harbiy texnika Koreya Mehnat Partiyasining IX syezdi munosabati bilan taqdim etilgan. 600 millimetr kalibrga ega 50 dona yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari to‘liq partiya ko‘rinishida tayyorlangan.

Bu yirik loyihani KXDR mudofaa sanoati xodimlari amalga oshirgan. Tantanali marosim Pxenyanda bo‘lib o‘tdi.

Unda Kim Chen In shaxsan ishtirok etib, ushbu qurolning yuqori harbiy samaradorligini ta’kidlagan va davlat xavfsizligini ta’minlash uchun qudratni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etgan. Tadbirning eng e’tiborli qismi esa Kim Chen Inning jangovar mashinani o‘zi boshqarib, maydon bo‘ylab harakat qilgani bo‘ldi.

Bu orqali mamlakat texnologik jihatdan rivojlanayotganini va barcha jarayonlar to‘liq nazoratda ekanini namoyon etishga harakat qilingan. Yirik kalibr, katta son va kuchli signal – KXDR bu safar ham o‘z uslubiga sodiq qoldi.

Endi mintaqadagi vaziyat va xalqaro munosabatlarda ushbu namoyish qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatish qiziq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026