Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+21°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Sobiq prezident Yun Sok Yol umrbod qamaldi

Dunyo
22
Sobiq prezident Yun Sok Yol umrbod qamaldi
2026 yil 19 fevral kuni Janubiy Koreyada Seul Markaziy tuman sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga 2024 yil dekabrida qisqa muddatli harbiy holat joriy etishga urinish, isyonga rahbarlik qilish va hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish ayblovlari qo‘yilgan edi. Xalqaro axborot agentliklari, jumladan Reuters va AP, xabariga ko‘ra, prokurorlar Yun Sok Yolga o‘lim jazosini so‘rashgan, biroq sud uni umrbod qamoq jazosi bilan jazolagan.

Sud qarorida bu voqea mamlakat konstitutsion tuzumiga jiddiy tahdid sifatida baholangan. Unga ko‘ra, sobiq prezident parlamentga bosim o‘tkazishga, siyosiy raqiblarni cheklashga va davlat institutlarini ishdan chiqarishga uringan.

Ayblovda Yun Sok Yol parlament qarorini bekor qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shin va politsiyani parlament atrofida joylashtirishga, ayrim siyosatchilarni hibsga olishga uringani qayd etilgan. 2024 yilgi bu voqea bir necha soat ichida parlament tomonidan bekor qilingan va keyinchalik impichment jarayonlari boshlangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026